Özbekiston Mehmonxonalar Assotsiatsiyasi 2019-yil 2-aprelda Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligida rasman röyxatdan ötkazilgan.
Assotsiatsiyaning asosiy maqsadlari Özbekiston mehmonxona biznesini jahon bozorida keng tanitiş, yangi ğoyalarni joriy etiş orqali soha rivoji uçun qulay muhit yaratiş hamda xususiy sektor vakillari (Assotsiatsiya a’zolari) bilan Özbekiston Respublikasining davlat organlari örtasidagi hamkorlikni qöllab-quvvatlaşdan iborat.
Assotsiatsiya tasdiqlangan jadval asosida xalqaro ekspertlar iştirokida muntazam ravishda konferensiyalar, seminarlar va treninglar ötkazadi. Ushbu tadbirlar iştirokçilarga jahon mehmonxona sohasidagi yangi tendensiyalar bilan tanişiş va yetakçi mehmonxonalarning biznesni rivojlantiriş böyiça tajribasini örganish imkonini beradi.
Hozirda Assotsiatsiya Toşkent şahri va Özbekiston hududlaridagi mehmonxona majmualarining bevosita xizmat körsatuvçi xodimlari hamda rahbarlari uçun treninglar taşkil etiş böyiça keng kölamli işlarni olib bormoqda.
Bir-birimizni hurmat qilamiz, rivojlanişimizga kömaklaşamiz va bir-birimizni qöllab-quvvatlaymiz.
Hamkorlikda işlab, yangi ğoyalarni joriy etiş orqali iş jarayonlarini takomillaştiramiz. Mehmonxona biznesi rivojlanişi uçun qulay muhit yaratamiz.