Onlayn trening
26.04.2021 yil, O'zbekiston Mehmonxonalar assotsiasiyasi Rossiyaning etakchi "Travel Line" IT-kompaniyasi bilan birgalikda "Mehmonxonalarni boshqarish uchun zamonaviy IT-echimlar" mavzusida ta'lim muassasalari o'qituvchilari uchun onlayn trening tashkil qildi.
Trening "Zoom" onlayn platformasi orqali bo'lib o'tdi. O'quv dasturida videofilmlar, o'quv video kurslari va testlar, ishchi dasturlar O'zbekiston misolida ko'rib chiqildi.

Pirovardida har bir o'qituvchiga tizimga kirish huquqi berildi, shuningdek uni yakunlash uchun mashg'ulotlar o'tkazildi.

Ta'lim muassasalari o'qituvchilari tomonidan ushbu treningga katta qiziqish bildirdilar.

Treningda mamlakatimizning quyidagi ta'lim muassasalari ishtirok etishdi:

1. "Ipak yo'li" xalqaro turizm universiteti;
2. Toshkent turizm va servis kolleji;
3. Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi ;
4. Toshkent turizm kasb-hunar kolleji;
5. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Turizm va servis kafedrasi.
Больше новостей можно прочитать тут