Янгиликлар

Sirdaryo viloyatida mehmonxona xodimlari uchun 2 kunlik trening muvaffaqiyatli yakunlandi!

10-11 aprel kunlari Sirdaryo viloyatida Turizm qo‘mitasi va O‘zbekiston Mehmonxonalar uyushmasi tashabbusi bilan mehmonxonalarning xodimlari uchun amaliy trening bo‘lib o‘tdi.
Treningning maqsadi xodimlarning kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlash va mintaqada xizmat ko‘rsatish sifatini yangi bosqichga olib chiqishdan iborat.
Dastur ikkita asosiy yo‘nalishni qamrab oldi:
Housekeeping - tozalashning zamonaviy standartlari, ekologik usullar, to‘qimachilik mahsulotlarini parvarish qilish, sanitariya-gigiyena me’yorlariga rioya qilish.
Guest Service - mehmonlar bilan samarali muloqot qilish, kutishlarni boshqarish, xizmat ko‘rsatish standartlari va ijobiy tashrif tajribasini shakllantirish.
Barcha ishtirokchilarga faol ishtiroki, rivojlanishga intilishi va kasbiy o‘sishi uchun minnatdorchilik bildiramiz!
Olingan bilimlar kundalik faoliyatingizda ajoyib natijalar keltirsin!