Turizmning jadal rivojlanishi mehmonxona sanoati uchun istiqbollarni ochmoqda
Sayyohlik oqimining katta o'sishi O'zbekistonda mehmonxona sanoatini rivojlantirish va kengaytirish uchun yangi istiqbollarni ochmoqda.
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonga 2 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurgan.
Eng koʻp sayyohlar quyidagi mamlakatlardan kelgan:
Tojikiston – 623,8 ming kishi Qozog'iston - 558,8 ming kishi Qirgʻiziston — 487,7 ming kishi Rossiya - 207,7 ming kishi
Shuningdek, Turkiya (29,7 ming kishi), Turkmaniston (14,2 ming kishi), Janubiy Koreya (9,2 ming kishi), Hindiston (8,3 ming kishi), Xitoy (6,3 ming kishi) va Germaniyadan (5,7 ming kishi) sayyohlar kelgan.
Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyadan kelayotgan sayyohlar sonining ko‘pligi mehmonxona xizmatlariga katta talab mavjudligidan dalolat beradi. Sayyohlarning millatlari va madaniyatining xilma-xilligi ixtisoslashtirilgan xizmatlarni rivojlantirish va mehmonxonalarni turizm bozorining turli segmentlari ehtiyojlariga moslashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.