Янгиликлар

O‘zbekiston mehmonxonalar uyushmasi o‘zaro tajriba almashish maqsadida Shveytsariyaga jo‘nab ketdi

Ushbu tashrif Shveytsariya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan va Helvetas Intercooperation tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limi islohotlarini qo‘llab-quvvatlash loyihasi” (VET4UZ) doirasida tashkil etilgan.

O‘zbekiston mehmonxonalar uyushmasi, Turizm qo‘mitasi, Moliya vazirligi vakillari, kasb-hunar kollejlari va yetakchi mehmonxonalar rahbarlaridan iborat rasmiy delegatsiya Shveytsariyada tajriba almashish va o‘zaro manfaatli loyihalarni mustahkamlash maqsadida bo‘lib turibdi.

Birinchi kuni delegatsiya VATEL turizm va mehmonxona biznesi maktabiga tashrif buyurdi.
Shuningdek, tashrif doirasida delegatsiya Shveytsariya tomoni vakillari bilan bir qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazadi, eng yaxshi mehmonxonalar va ta’lim muassasalariga tashrif buyuradi.