Янгиликлар

Toshkentda Radisson Collection mehmonxonasining ochilishi bilan Radisson Hotel Group Markaziy Osiyoda kengaymoqda

Radisson Hotel Group Markaziy Osiyoda birinchi Radisson Collection mehmonxonasini ochish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Radisson Collection Hotel, Toshkent deb nomlangan mehmonxona 164 ta premium toifadagi xonalardan iborat bo‘ladi. Ochilish 2026-yilga mo'ljallangan. Mehmonxona majmuasi jamoat joylari, savdo maydonchalari, kinoteatr, ofislar va apartamentlarni o'z ichiga olgan to'rtta binodan iborat ansamblning bir qismi bo'ladi. Radisson Collection Hotel, Tashkent mehmonxonasi restoran, lobbi-bar, VIP-lounge, basseynli spa zonasi, 19-qavatda terassali Sky Bar, shuningdek, yuqori texnologiyali konferensiya zallari va majlislar xonasini taqdim etadi. Radisson Hotel Group kompaniyasining MDH va Gruziyadagi biznesni rivojlantirish bo‘yicha katta direktori Mariya Znova ushbu loyihaga ishonch bildirgani uchun investorlarga o‘z xursandchiligi va minnatdorchiligini bildirdi. Mehmonxona Toshkent shahrining qoq markazida, Brodvey deb ham ataladigan Sayilgo‘x ko‘chasida joylashgani shahardagi tarixiy va madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan turli ob’yektlarga qulay kirish imkonini beradi.