Mehmonxonalar uyushmasi va «HELVETAS Swiss Intercooperation»ning O‘zbekistondagi filiali o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu Memorandumning maqsadi turizm va mehmondoʻstlik sohasida samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishdan iborat. Bunda qo‘shma ilmiy loyihalar, konferensiyalar, ma’ruzalar, seminarlar va davra suhbatlari o‘tkazish orqali ushbu soha mutaxassislarini tayyorlash sifatini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish kiradi.
Hamkorlik nafaqat o‘zbekistonlik va shveytsariyalik mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish, balki mamlakatda turizm va mehmondo‘stlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga ham xizmat qiladi. Oʻzbekistonda turizm va mehmondoʻstlik sohasida kasbiy oʻsish va taʼlim sifatini oshirishga koʻmaklashuvchi ushbu hamkorlik muvaffaqiyatli amalga oshirilishi kutilmoqda.