Янгиликлар

Mehmonxonalar yulduz toifasini olishida ayrim talablar

Bugungi kunda mehmonxonalarda O‘z DSt 3296:2018 davlat standartiga asosan 1*, 2*, 3*, 4* va 5* (yulduz) toifasini olish imkoni mavjud.

Davlat standartiga asosan mehmonxonalarni qurish jarayonida quyidagi talablarni e’tiborga olish zarur:

• avtotransportdan kelish yo‘lida atmosfera yog‘inlaridan himoyalash uchun soyabonli kirish joyining mavjudligi (talab 4* va 5* yulduzli mehmonxonalar uchun majburiy);

• texnik loyihaga binoan ko‘chmas generatorning mavjud bo‘lishi (talab 3*, 4* va 5* uchun majburiy);

• suvga ishlov berish (filtratsiya va tozalash) bo‘yicha uskunaning mavjudligi (talab 4* va 5* yulduzli mehmonxonalar uchun majburiy);

• texnik loyihaga binoan jamoat va yashash joylarida majburiy ventilyatsiya tizimining mavjudligi (talab 3*, 4* va 5* mehmonxonalar uchun majburiy);

• xizmat/yuk tashish uchun qo‘shimcha lift (yoki yuk ko‘targich)ning mavjudligi (talab 4* va 5* yulduzli mehmonxonalar uchun majburiy);

• 2* va 3* yulduzli mehmonxonalar uchun ko‘p xonali yoki qo‘shilgan nomerlarning mavjudligi;

• 4* va 5* mehmonxonalar uchun esa ko‘p xonali nomerlar va nomerlarning umumiy sonidan 4% dan kam bo‘lmagan “yuqori toifali” nomerlarning mavjudligi;

• 3* uchun - 3,5 m2, 4* uchun - 4,0 m2 va (qo‘shimcha sanuzel - 2,5 m2), 5* uchun - 5,0 m2 va (qo‘shimcha sanuzel uchun 3,0 m2) kam bo‘lmagan sanuzel maydonining mavjudligi;

• 4* va 5* mehmonxonalar uchun vannaxonani isitishda issiq pol, quritgich yoki boshqa isitish vositalari (moslamalari) bo‘lishi lozim;

• suzish hovuzi va mini-hovuzli sauna mavjudligi (4* va 5* mehmonxonalar uchun majburiy).

Shuningdek, qurilish me’yorlari va qoidalariga binoan tashrif buyuruvchilarning yashashi va ularni joylashtirish uchun sokol qavatlari va yerto‘lalardan foydalanish mumkin emas.

Sertifikatlashtirish jarayonida mehmonxonalar tomonidan yuqoridagi talablarning ta‘minlanishi hamda kelgusida qo‘shimcha ta’mirlash, tuzatish va xarajatlarning oldini olish maqsadida, mehmonxonalarni qurish va (yoki) kapital rekonstruksiya qilish jarayonlarida mazkur talablarni hisobga olishingizni so‘raymiz.