Янгиликлар

Otelyerlar odam savdosiga qarshi

Mehmonxonalar uyushmasi tomonidan USAID, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va WINROCK INTERNATIONAL ko‘magida tashkil etilgan “Mehmondo‘stlik sohasida odam savdosiga qarshi kurash” treningi tashkil etildi.

Mazkur trening mehmonxona xodimlarining odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish borasidagi bilim va malakasini oshirishda muhim qadam bo‘ldi. Odam savdosida gumon qilingan hollarda samarali chora ko‘rish bayonnomalarini ishlab chiqish va joriy etishga alohida e’tibor qaratildi.

Trening Xiva shahridagi Farovon Khiva mehmonxonasida bo’lib o’tdi.