Янгиликлар

VET4UZ Muvofiqlashtiruvchi qo'mitasi a'zolarining yillik yig'ilishi - muvaffaqiyatlar, qarorlar va istiqbollar

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligida VET4UZ “O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limi islohotlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasini Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitasining yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o‘tgan yil yakunlari taqdim etilib, 2024-yilga mo‘ljallangan yillik reja tasdiqlanib, ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilindi.

Ta’kidlash joizki, Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita a’zosi – Mehmonxonalar uyushmasining ekspertlik fikri va tajribasi mamlakatimizda kasb-hunar ta’limi tizimini ko‘p tarmoqli rivojlantirishga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilinishiga xizmat qildi. Tadbir VET4UZ muvaffaqiyatli faoliyatining ikki yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bilan yakunlandi.