Янгиликлар

HRS va “Milliy bank” AJ to‘lovlar bo‘yicha qo‘shma interfeysni ishga tushirdi

Hospitality & Retail Systems va Milliy bank birgalikda mehmondo'stlik sanoatida soddalashtirilgan to'lovlar interfeysini taqdim etdi. HRS mehmonxona boshqaruvi yechimlari bankning ekvayring tizimlari bilan integratsiyalashgan bo‘lib, qulaylik, ishonchlilik va xavfsizlikni ta’minlaydi. Ushbu hamkorlik biznes jarayonlarini va mehmonlar bilan bron qilishdan tortib to mehmonxonadan chiqishgacha bo'lgan kommunikatsiyani yaxshilaydi.