Янгиликлар

2024-yil 17-iyul kuni Hilton Tashkent City mehmonxonasida, O'zbekiston Mehmonxonalar uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi ko‘magida birinchi AICR Uzbekistan seminari bo‘lib o‘tdi

Ushbu tadbirda AICR Uzbekistan haqida barcha kerakli ma’lumotlar, jumladan, tashkilotning maqsad va vazifalari hamda yaqin kelajakdagi rejalar haqida ma’lumot berildi. 2024-yilda O‘zbekistonning eng yaxshi "reception" xodimi tanloviga alohida e’tibor qaratildi. Seminar ishtirokchilari tanlov qoidalari va bosqichlari, ishtirokchilarni baholash mezonlari, shuningdek, g‘oliblar uchun ochiladigan imkoniyat va afzalliklar haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Seminar O‘zbekistonda mehmonxona biznesini rivojlantirishda muhim bosqich bo‘lib, ishtirokchilarga tajriba almashish va kasb mahoratini oshirish uchun noyob imkoniyat yaratdi.