
Uchrashuvga "Legrand Group" kompaniyasining biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori - Mauritsio Donelli, Polsha, MDH va Mo‘g‘uliston bo‘yicha bosh direktori - Paskal Dekons va "Legrand" kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari - Erkin Atayev tashrif buyurishdi.

O‘zbekistonda mehmondo‘stlik sanoatini rivojlantirishning hozirgi holati va istiqbollari, mehmonxona xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari, sayyohlar oqimining asosiy ko‘rsatkichlari, shuningdek, HoReCa sohasida hamkorlik qilish va tegishli tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Bunday uchrashuvlar ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash, texnologik yechimlarni joriy etish va sohani birgalikda rivojlantirishga xizmat qiladi.