
Tadbir Intercontinental Hotel Tashkent mehmonxonasida o‘tkazilib, mehmonxona biznesining yetakchi vakillari, soha ekspertlari va hamkorlarini bir joyga jamladi.

Kirish so‘zi bilan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev chiqdi. U turizm sohasida erishilgan muhim yutuqlarni ta’kidlab, yaqin kelajakdagi strategik maqsadlarni belgilab berdi.



2024-yil yakunlari bo‘yicha ma’lumotlarni Farangiz Abdullayeva taqdim etdi. Prezentatsiyada soha yutuqlari, asosiy tendensiyalar, qiyinchiliklar va kelajakdagi rejalar tahliliy ko‘rinishda yoritildi.

Tadbirda Huawei kompaniyasining taqdimoti alohida e’tibor qozondi. Innovatsiyalar va ilg‘or texnologiyalari bilan tanilgan ushbu tez rivojlanayotgan IT-kompaniya "tayyor yechim" loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lgan yirik tizim integratorlaridan biri hisoblanadi.

Biznes-nonushta mehmonxona va turizm sohasini rivojlantirish uchun yangi yechimlarni birgalikda izlash, tajriba almashish va biznes aloqalarni mustahkamlash uchun muhim maydoncha bo‘ldi.


Tadbirda faol ishtirok etgan barcha qatnashuvchilarga mehmondo‘stlik sanoatini rivojlantirishga qo‘shgan hissalari uchun minnatdorlik bildiramiz!