Янгиликлар

“Farg‘ona vodiysida mehmondo‘stlik va xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish” B2B uchrashuvining ikkinchi kuni qizg‘in pallada!

2024-yil 27-iyun kuni ishtirokchilar Farg‘ona shahrida o‘z ishlarini davom ettirdilar. Tadbir Grand Fergana mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi. B2B uchrashuvlari davomida mutaxassislar tajriba almashishdi va mehmonxona sanoati uchun innovatsion yechimlarni muhokama qilishdi.

Keyin delegatsiya Qo‘qon shahriga yo‘l oldi. B2B muzokaralarining navbatdagi sessiyasi Qasr mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur keng ko‘lamli yig‘ilishdan ko‘zlangan maqsad hududda xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish va mehmonxona sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishdan iborat.

Ertaga bizni Andijondagi tadbirning so'nggi kuni kutmoqda. Yangiliklarni kuzatib boring!
Tashkilotchilar – O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi ko‘magida Mehmonxonalar uyushmasi va xalqaro tashkilotlar. Tadbir hamkorlari: Aksesoriuz, United Sport Solutions, HDL Digital Solution Trade, Exely, Hotel Line.