Янгиликлар

O‘zbekiston Mehmonxonlar uyushmasi va Rossiya Federatsiyasi Restoratorlar va Mehmonxonalar Federatsiyasi o'rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi!

Ushbu muhim qadam ikki davlatda mehmonxona va restoran biznesining rivojlanishi uchun kuchli turtki bo‘ladi. Imzolangan memorandum doirasida tajriba almashish, mutaxassislarni o‘qitish hamda mehmondo‘stlik sohasida ilg‘or texnologiyalar va standartlarni joriy qilish rejalashtirilgan.

Biz ishonamizki, rossiyalik hamkorlar bilan hamkorlik O‘zbekistonda bu soha o‘sishi uchun yangi imkoniyatlarni ochadi va mintaqamizning xalqaro maydondagi pozitsiyalarini mustahkamlaydi.