Янгиликлар

Toshkentda $200 mln Ritz-Carlton mehmonxonasi quriladi

Ozarbayjonning Pasha Holding xoldingi Toshkentda Ritz-Carlton mehmonxonasini qurishni rejalashtirmoqda. 200 million dollarga baholangan loyiha Pasha Development kompaniyasining sho‘ba korxonasi PD Estates tomonidan amalga oshiriladi. 150 xonali mehmonxona 2026-yilda mehmonlarni qabul qila boshlaydi. Shunga o'xshash loyiha allaqachon Bokuda amalga oshirilgan, u yerda Pasha Development Marriott International bilan The Ritz-Carlton Residencesni ochish bo'yicha shartnoma imzolagan. 2006-yilda tashkil etilgan Pasha Holding 11,3 milliard dollarlik aktivlari bilan turli sohalarga, jumladan, turizm, moliya, IT va qishloq xo‘jaligiga sarmoya kiritadi.