Bu yil mukofot O‘zbekistonning turli hududlaridan mehmondo‘stlik sohasining eng yaxshi vakillarini birlashtirdi – Toshkentdan Nukusgacha. Tanlovga 310 ta ariza tushdi, hakamlar hay’ati esa 37 ta nominatsiya bo‘yicha 44 ta g‘olibni aniqladi!

Ular orasida yangi nominatsiyalar:
- «Mehmondo‘stlik sohasida kadrlar tayyorlaydigan eng yaxshi o‘quv muassasasi»
- «Eng yaxshi eko-mehmonxona»
- «Madaniy meros obyekti hududida joylashgan eng yaxshi mehmonxona»
- «Mintaqada gastroturizmni rivojlantirish»
- «Yashil texnologiyalar bo‘yicha eng yaxshi yetakchisi»
- «Eng yaxshi turistik klaster»



Bu mukofotlar – mehmondo‘stlik sohasidagi yuqori xizmat darajasi, fidoyilik va turizm rivojiga qo‘shilgan katta hissaning e’tirofi.






Barcha ishtirokchilarga mukammallikka intilishi uchun minnatdorlik bildiramiz va g‘oliblarni tabriklaymiz!