Янгиликлар

Toshkent "Destination Forum" konferensiyasiga mezbonlik qiladi

Madaniyat va turizm vazirligi Germaniya turizm assotsiatsiyasi (Deutscher Reiseverband e.V. - DRV) bilan birgalikda Germaniya va O‘zbekiston turizm sohasi vakillari va mehmonxona xo‘jaligi vakillari uchun “Destination Forum” xalqaro konferensiyasini tashkil etmoqda. Tadbir Toshkentda boʻlib oʻtadi va 80 nafar nemis turoperatorlari va mehmonxona xoʻjaligi uchun Oʻzbekistonning Gʻarbiy Yevropada sayyohlik imkoniyatlarini targʻib qilish uchun platformaga aylanadi.

DRV Germaniya turizm industriyasining yetakchi assotsiatsiyasi bo‘lib, mamlakat turizm bozorining qariyb 90 foizini tashkil etuvchi barcha turoperatorlar va mehmonxona korxonalarini qamrab oladi.

Mehmonxonalar uyushmasi barcha hamkorlarni 2023-yil 16-may kuni soat 09:30 da "InterContinental Tashkent" mehmonxonasida bo‘lib o‘tadigan "Destination Forum" konferensiyasida ishtirok etishga taklif qiladi.

Joylar soni cheklanganligini hisobga olib, har bir sayyohlik kompaniyasidan bittadan vakil taklif qilinadi (ariza shakli ilova qilinadi).

Murojaat uchun: Marketing, xizmatlarning yangi turlarini joriy etish va rag‘batlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi T.Shamsimatov (+99897 401-19-90). Murojaatlarni marketingandpr@motach.uz manziliga yuboring.

Programma

Ishtirok etish uchun ariza

Germaniya turoperatorlari ro'yxati