Янгиликлар

Zamonaviy "Krokus Plaza" mehmonxonasida sharqona mehmondo'stlik

Toshkentdagi “Krokus Plaza” mehmonxonasi mehmonlarni yuqori darajadagi xizmat va qulaylikni his etishga taklif qiladi. Poytaxtning qoq markazida joylashgan mehmonxona turli toifadagi 65 ta xonani taklif etadi - standartdan tortib keng apartamentlargacha. Mehmonlar restoran, bar, spa, sport zali va yozgi basseyn xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. Biznes uchrashuvlari uchun 100 kishiga mo‘ljallangan zamonaviy konferensiya zali mavjud. Mehmonxonada sharqona mehmondo'stlik va yevropacha xizmat ko'rsatish muhiti hukm suradi.