Янгиликлар

SFUVET bosh maslahatchisi O‘zbekistonda Shveytsariya kasb-hunar ta’limi hamkorligi bo‘yicha seminar o‘tkazmoqda

2023-yil 18-19-aprel kunlari VET4UZ loyihasi doirasida Kasbiy ta’lim va o‘qitish bo‘yicha Shveysariya Federal Universitetining katta maslahatchisi Mergim Yaxua tomonidan “Professional ta’limda davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha Shveysariya modeli” mavzusida asosiy hamkor vazirlik va tashkilotlar, pilot professional ta’lim muassasalari va pilot hududlardagi xususiy sektor vakillari uchun seminar o‘tkazildi. Ishtirokchilar professional ta’limda Shveysariya boshqaruv mexanizmi va uning iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi, dual ta’limni tashkil etish bo‘yicha asosiy talablar va uni moliyalashtirish bo‘yicha yechimlar, hamkor tomonlar hissasini belgilash mezonlari va o‘qitish tashkil etilgan korxonalar uchun moliyaviy samaradorlik tahlilining elementlari kabi mavzular bilan tanishishdi. Ishtirokchilar amaliyot o‘tash va dual ta’limni tashkil etish bo‘yicha uch tomonlama ishtirokchilarni qamrab olgan amaldagi shartnomani tahlil qildilar va uni takomillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim qildilar.