Янгиликлар

Farg‘onada mehmonxona xodimlari uchun 2 kunlik trening o‘tkazildi

14–15-may kunlari Fergana Hotel mehmonxonasida mehmonxona sohasida ishlovchi xodimlar uchun 2 kunlik amaliy trening tashkil etildi.
Trening davomida qatnashchilar xizmat ko‘rsatishdagi dolzarb jihatlar bilan tanishishdi:
F&B — samarali xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, buyurtmalarni boshqarish, mehmonlar bilan ishlash va muammolarni hal qilish usullari.
Housekeeping — ekologik tozalash, tekstilga g‘amxo‘rlik va sanitariya-gigiyena me’yorlariga rioya qilish.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Turizm bo‘yicha davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Mehmonxonalar Assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etildi.

Trening do‘stona va professional muhitda o‘tdi, nazariy bilimlar amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirildi.

Barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz! O‘rganganlaringiz ish jarayonida asqotadi va xizmat sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.