Янгиликлар

“Destination Forum” konferensiyasidagi ishtirokimiz

“Destination forum” konferensiyasida O‘zbekiston mehmonxonalar assotsiyatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi.

Xabar berganimizdek, bu Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan Germaniya turizm assotsiatsiyasi (Deutscher Reiseverband e.V. - DRV) bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro konferensiyadir.

Anjumanda Germaniya va O‘zbekistondan sayyohlik sohasi mutaxassislari va mehmonxonachilar ishtirok etdi. Tadbir O‘zbekiston poytaxti Toshkentda bo‘lib o‘tdi va 80 dan ortiq nemis turoperatorlari va mehmonxonachilari uchun O‘zbekistonning G‘arbiy Yevropaga taqdim etayotgan turli turizm imkoniyatlarini o‘rganish va targ‘ib qilish uchun platforma bo‘lib xizmat qildi.