Янгиликлар

Shveytsariyadagi strategik uchrashuvlar

VET4UZ loyihasi doirasida Shveytsariyaga tashrifi davomida delegatsiya bir qator strategik muhim uchrashuvlar o‘tkazdi.

Xususan, Shveytsariya mehmonxonachilar assotsiatsiyasi rahbariyati, shuningdek, Tun shahridagi mehmonxona boshqaruvi maktabi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda xususiy sektorning professional ta'lim tashkilotlari siyosatiga yondashuvi va malaka oshirish strategiyasini amalga oshirish va uni mehmondo‘stlik sanoatidagi barcha kasblar uchun joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Mehmonxona boshqaruvi kasbiy ta’lim maktabida o‘qituvchilar va talabalar bilan malaka oshirish va qayta tayyorlash imkoniyatlari, talabalar va bitiruvchilarning rivojlanish traektoriyasi haqida fikr almashish masalalari ham muhokama qilindi.