Янгиликлар

Mehmonxonalar uyushmasi va Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasidagi memorandum

Samarqand shahrida BMT Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh assambleyasi o‘tkaziladigan maydonda O‘zbekiston mehmonxonalar uyushmasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu tarixiy lahza turizm, menejment va biznesni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlikning yangi bosqichini anglatadi.

Ushbu hamkorlik memorandumining maqsadi turizm va mehmondoʻstlik, biznes va menejment sohalarida axborot va amaliy almashinuvni, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlikni rivojlantirish niyatidan iborat. U O‘zbekiston mehmonxonalar uyushmasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasidagi hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish va mustahkamlashga ko‘maklashish maqsadida ishlab chiqilgan.