Янгиликлар

O'quv kurslari davom etmoqda

O‘quv-seminarning ikkinchi kuni juda muvaffaqiyatli o‘tdi.

Shu kuni o‘quv-seminar ishtirokchilari amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazib, o‘z bilimlarini chuqurlashtirish imkoniga ega bo‘ldilar. Ular turli soha mutaxassislari bilan faol muloqot qildi, tajriba va fikr almashdi.
Ishtirokchilar, shuningdek, mehmonxona industriyasining zamonaviy tendentsiyalari va o‘qitishning innovatsion usullaridan foydalanish masalalarini muhokama qildilar. Bu ularga o'z talabalarini mehmondo'stlik sanoatining dinamik va raqobat muhitiga yaxshiroq tayyorlashga yordam beradi.