Helvetas Swiss Intercooperation tomonidan Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) ko‘magida amalga oshirilayotgan "O‘zbekistonda kasbiy ta’lim islohotini qo‘llab-quvvatlash (VET4UZ) " xalqaro loyihasi doirasida loyiha vakillari va O‘zbekiston Mehmonxonalar uyushmasi rahbariyati o‘rtasida samarali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda turizm va mehmondo‘stlik sohasida o‘quv dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. Tashrif doirasida HoReCa sektorida kompetensiyalarni rivojlantirish va kasbiy ta’lim bo‘yicha xalqaro maslahatchi Sabina Geberle xonim O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan keldi.

Asosiy e’tibor xalqaro tajribani O‘zbekiston ta’lim standartlariga integratsiya qilish, kompetensiyalarni yangilash, shuningdek, bozor talablariga maksimal darajada yaqinlashtirilgan o‘quv dasturlarini birgalikda ishlab chiqish masalalariga qaratildi.

Uyushma mehmondo‘stlik sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga qaratilgan hamkorlikni mustahkamlashda davom etmoqda.