Янгиликлар

O'zbekistonda turizmni rivojlantirish va ushbu sohadagi mutaxassislarning malakasini oshirish bo'yicha yangi chora-tadbirlar joriy etildi

O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish maqsadida 2023-yil 27-iyulda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning “Turizm sohasidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Xususan, quyidagi choralar ko'rildi:

2023-yil 1-yanvardan boshlab 2026-yil 31-dekabrgacha foydalanishga topshirilgan taqdirda, balandligi kamida besh qavatli yangi mehmonxonani qurish (rekonstruksiya qilish bundan mustasno) va jihozlash uchun investorlar xarajatlarining bir qismini qoplanadi. Shu bilan birga, kamida 60 ta xonali 3 yulduzli toifasini tasdiqlagan mehmonxonalarga har bir xona uchun 40 million so‘m, 4 yulduzli va 5 yulduzli toifadagi kamida 120 xonali mehmonxonalarga har bir xona uchun 65 million so‘m to‘lanadi.

Bundan tashqari, ushbu toifadagi mehmonxonalar mavjud bo'lmagan hududdagi birinchi ikkita 4/5 yulduzli mehmonxonalar va birinchi uchta 3 yulduzli mehmonxonalar uchun subsidiyalar miqdori 50 foizga oshadi.

Malakali kadrlar tayyorlash yo'nalishida:

- Talabalarni o'qitish uchun "franchayzing" asosida xalqaro miqyosda tan olingan ta'lim dasturlarini joriy etish.
- Turoperatorlik xizmatlari, gidlar, mehmonxona va transport xizmatlari kabi turizm sohalaridagi amaliyot bilan bir qatorda o'quv jarayonini o'tkazish uchun amaliy asoslarni yaratish.
-Turistik mavsum oylarida amaliyot o'tkazish bilan "blok-modul" tizimi asosida Dual ta'lim shaklida o'quv jarayonini tashkil etish.
- Kasbiy standartlar va malaka talablarini ishlab chiqish, ushbu jarayonga jalb qilingan mutaxassislarning ish haqi xarajatlari Turizmni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi mablag'lari bilan qoplanadi.