Янгиликлар

“Farg‘ona vodiysida mehmondo‘stlik va xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish” mavzusidagi uch kunlik B2B uchrashuvi bugun yakunlandi

Tadbirning yakuniy kuni Andijon shahrida o‘tkazildi. Premier Hotel mehmonxonasida B2B muzokaralarining yakuniy sessiyasi bo'lib o'tdi.

Kunning ikkinchi yarmi norasmiy muloqot va taassurotlar almashishga bag'ishlandi.
Uch kun davomida ishtirokchilar Farg‘ona vodiysining to‘rtta shahri: Namangan, Farg‘ona, Qo‘qon va Andijonda bo‘lishdi. Mutaxassislar mehmonxona sanoatini rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Tashkilotchilar – O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi ko‘magida Mehmonxonalar uyushmasi va xalqaro tashkilotlar. Tadbir hamkorlari: Aksesoriuz, United Sport Solutions, HDL Digital Solution Trade, Exely, Hotel Line.