Янгиликлар

Namanganda mehmonxona xodimlari uchun amaliy trening tashkil etildi

16–17-may kunlari Akhsikent Hotel mehmonxonasida mehmonxona sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlar uchun ikki kunlik o‘quv-amaliy trening bo‘lib o‘tdi.
Trening davomida ishtirokchilar xizmat ko‘rsatishdagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishdi:
F&B — mehmonlarni kutib olish, buyurtmalarni boshqarish, mijozlar bilan muloqot va nizoli vaziyatlarni samarali hal qilish.
Housekeeping — ekologik tozalash uslublari, gigiyena standartlari va to‘qimachilik mahsulotlariga to‘g‘ri parvarish.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Turizm davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Mehmonxonalar Assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etildi.
Trening nazariya va amaliy mashg‘ulotlar uyg‘unligida, ochiq muloqot va tajriba almashinuvi muhitida o‘tkazildi.
Treningda faol ishtirok etgan barcha mehmonxona xodimlariga minnatdorchilik bildiramiz. Ish faoliyatingizda bu bilimlar foydali bo‘lishiga ishonamiz!